Jambul, Jabayev Jambul
Jambul, Jabayev Jambul [1846. 16(28).2, Yettisuv viloyati — 1945.22.6, Olmaota] — Qozoqxalq shoiri va oqini. 15 yoshidan o’lan ayta boshlagan. O’lan aytish sirlarini Suyumboy oqindan o’rgangan. «Manas» eposi, «Go’ro’g’li» xamda o’zi yaratgan «o’tagan Botir», «Suranchi Botir» kabi dostonlarni, shuningdek, «ming bir kecha», «Shohnoma» asarlarini qozoq xalqi orasida aytib yurgan. Qozog’istonning yirik oqinlari — Qulmambet, Sag’imbek, Sarbas, Do’stmag’ambet, Shoshuboylar bilan aytishuvda g’olib chiqqan. Uning «Shikoyat», «Janis oqinga», «quvg’in», «Kambag’alning ulushi», «vasiyat», «Xon va oqin», «o’g’limga xat», «o’g’limning o’limi», «otamga» va boshqa asarlarida qozoq xalqining o’tmishi va zamonaviy hayoti, turkiy xalklar do’stligi va birodarligi tasvirlangan. Jambulga M. Shayxzoda «Jambul», uyg’un «o’lan», Q. Muhammadiy «Do’mbira» she’rlarini bag’ishlaganlar. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan («Jambul ulanlari», 1946). Qozog’istondagi viloyat uning nomi bilan ataladi. As: Tandamali, 2 tomdnq, Almaati, 1996.