Japarko’l

Japarko’l — Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanidagi qurib qolgan ko’l. Amudaryo deltasidagi Taxtaqayir ovulidan 5 kilometr Janubda, botqoqlashgan to’qayzorlar orasida joylashgan. Suvga to’lgan 50-60- yillarda maydoni 1,42 km2, o’rtacha chuqurligi qariyb 1 metr bo’lgan, qamish, qo’g’a va boshqa suv o’simliklari bilan qoplangan. Amudaryoning yon tarmoqlaridan toshgan suvlar va qisman sizot suvlar hisobiga to’yingan. O’sha paytlarda ham ko’l to’lin suv davrida kattalashib, toshqin tugagach, sayozlashib kichraya borgan. Japarko’lda har xil baliq va suv parrandalari bo’lgan, ondatra boqilgan va ovlangan.