Jins bilan birikib irsiylanish
Jins bilan birikib irsiylanish — genlari jinsiy xromosomalari joylashgan belgilarning irsiylanish hodisasi. Bu hodisa amerikalik T. Morgan va uning shogirdlari tomonidan dastlab kapalaklarda kuzatilgan, keyinchalik drozofilada batafsil o’rganilgan. Drozofilada geterogametali jinsning Uxromosomasi o’zida boshqa belgilarning genlarini deyarli saqlamaydi, ya’ni irsiy jihatdan inert bo’ladi. Shu sababdan X-xromosomada o’z allel juftiga ega bo’lmaydi. Drozofilada ko’zning qizil rangi dominant A geni, oq rangi esa uning resessiv alleli orqali boshqarilishi hamda ularning X-xromosomada joylashganligi aniqlangan. Qizil ko’zli erkak drozofila pashshasi oq ko’zli urg’ochi pashsha bilan chatishtirilganida ularning avlodi (G’,)da faqat oq ko’zli erkak pashshalar va faqat qizil ko’zli urg’ochi pashshalar paydo bo’lgan. Bunda gomogametali ona organizmning xa-xromosomasi ham erkak, ham urg’ochi pashshalarga, geterogametali ota organizmning yagona xaxromosomasi esa urg’ochi pashshalarga o’tganligini ko’ramiz. Odamda daltonizm, gemofiliya kasalliklarining belgilari jins bilan birikib irsiylanadi. Ikkala kasallik ham resessiv genlar tomonidan boshqariladi, bu genlar X — xromosomada joylashgan.