Jahon soborlari

Jahon soborlari — xristian cherkovi oliy ruhoniylari yig’ilishlari. Ularda diniy ta’limot va diniy marosim tizimi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, kanonik me’yorlar hamda ibodat qilish qoidalari shakllantirilgan, ilohiyotdagi turli kontsepsiyalarga baho berilgan, bid’atchilikka qarshi kurash usullari belgilangan. Pravoslav cherkovi dastlabki 7 ta Jahon soborlarini (4-8-asrlar) vakolatli bo’lgan deb hisoblaydi. Xristianlik cherkovi pravoslavie va katolitsizmga ajralgan (1054 yil)dan keyin Rim papalari 12-asrdan boshlab katolik cherkovi oliy ruhoniylari yig’ilishlarini qaytadan tikladi va ularni yana Jahon soborlari nomi bilan atay boshladi.