Ja’fariylik

Ja’fariylik — shialikda diniy-huquqiy tizim. Unga Ja’far as-Sodiq asos solgan deb hisoblasalarda, aslida 9— 10-asrlarda bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan ishlab chiqilgan. Ja’fariylik sunniylikdagi 4 mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik va hanbaliylik) qatori islomda 5-diniy-huquqiy mazhab (imomiylar) deb tan olingan. Ja’fariylik mazhabining sunniylikdagi mazhablardan asosiy farqi: ja’fariylar qiyosni Qur’on, sunna, ijmo’dan keyingi shariat manbai ekanligini rad qiladilar. Shialikdagi imomlar naqllarinigina tan oladilar, vaqtinchalik nikoh (mut’a)ga yo’l qo’yadilar, xavf paydo bo’lgan chog’da o’z e’tiqodlarini yashiradilar, ijtihodga imkon yaratadilar. Ja’fariylik 16-asr boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan.