Magnit azimuti
Magnit azimuti — magnit meridianining shimol uchidan boshlab soat mili yo’nalishi bo’yicha berilgan yo’nalishgacha 0° dan 360° gacha o’lchanadigan gorizontal burchak. Erkin holda turgan kompas magnit milining o’qi bo’yicha o’tuvchi vertikal tekislik magnit meridiani tekisligi deyiladi. Kichik maydonlardagi amaliy ishlarda Magnit azimutidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki u oddiy asboblar — magnit kompas yoki magnit bussoli bilan osongina o’lchab topiladi.