Magnit qovushoqlik

Magnit qovushoqlik — 1) Ferromagnetik magnitlanganligi o’zgarishining tashqi muhit maydon kuchlanganligi o’zgarishidan kechikibroq ro’y berishi. Magnit qovushoqlik omili ferromagnetik o’zgaruvchan magnit maydonda magnitlanganda elektromagnit energiyaning yo’qolishiga sabab bo’ladi; 2) magnitogidrodinamikada elektr utkazuvchi suyuqliklar va gazlar magnit maydonda harakatlanganda ularning xossalarini ifodalovchi kattalik (vm). SGS birliklar tizimida vm = S2/ 4ls, bunda s — yorug’likning vakuumdagi tezligi, a — muhitning elektr o’tkazuvchanligi.