Vazov Ivan Minchov

Vazov Ivan Minchov (1850.9.7, Sopot — 1921.22.9, Sofiya) — bolgar yozuvchisi, jamoat arbobi. Vazovning asosiy nazmiy asarlaridan biri «rad etilganlar epopeyasi» (1881-84) vatanparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan tarixiy mavzudagi liro-epik poemalar turkumidan iborat. «Zulm ostida» (1889-90) romani milliy ozodlik kurashi to’g’risida. Ko’pgina Yevropa tillariga tarjima qilingan bu roman jahon adabiyotining sara asarlaridandir. 90-yillar boshida Vazov ijodidagi tarixiy-qahramonlik mavzusi ijtimoiy fosh etuvchi mavzu bilan almashadi («Yangi yer»,1896; «Kazalar malikasi» romanlari, 1903). U o’rta asrdagi Bolgariya hayotidan tarixiy dramalar, shuningdek «Shuhratga nomzodlar» (1901), «yog’liq joy axtaruvchilar» (1903) komediyalarini yozdi.