Varikap
Varikap (inglizcha vari (able) — o’zgaruvchan va car (acitu) — sig’im) — yarim-o’tkazgichli elektr kondensator. Elektr sig’imi qo’yilgan kuchlanishga bog’liq bo’ladi. Varikap kremniy, germaniy va galliy arsenid asosida tayyorlanadi. Tashqi elektr maydoni Varikapdagi zaryadni va elektr sig’imni o’zgartiradi. Varikapning ikkinchi turi fotovarikapdir. U yarimo’tkazgichli fotoelement. Unda elektr sig’imi sirtga tushayotgan yorug’lik oqimi intensivligiga bog’liq bo’ladi. Shu qonuniyatga asoslanib, Varikapdan yorug’lik ta’sirida boshqariladigan elektr sig’im sifatida foydalanish mumkin. Varikap hisoblash texnikasida, radioelektronika va boshqa sohalarda qo’llaniladi.