Uot Tayler qo’zg’oloni
Uot Tayler qo’zg’oloni o’rta asrlarda Angliyadagi dehqonlarning eng yirik qo’zg’oloni (1381). Rahbarlari — Uot Tayler va jon Boll. Ko’pchilik grafliklar hududini qamrab olgan. Iyunda qo’zg’olonchilar shaqar kambag’allari ko’magida Londonga kirishgan. Qirol bilan muzokaralar chog’ida krepostnoy huquqni bekor kilinishini («Maylend dasturi»), jamoa yerlarini qaytarilishini va tabaqaviy tenglikni (Smitfild dasturi) talab qilishgan. Muzokaralar chog’ida Uot Tayler qirol odamlari tomonidan xiyonatkorona o’ldirilgan. Qo’zg’olon bostirilgan.