ANTIKOAGULYANTLAR

ANTIKOAGULYANTLAR (anti… va lotincha coagulatio — ivitmoq) — qon ivishini susaytiruvchi dorilar, ular qon ivishining kuchayishi bilan bog’liq bo’lgan kasallik holatlarining (trombozlar, tromboemboliyalar, tromboflebitlar) oldini olish va davolash maqsadida ishlatiladi. Antikoagulyantlarning 2 xili farq qilinadi. Bevosita ta’sir etuvchi Antikoagulyantlar (geparin va geparinoidlar) organizmda ham, organizmdan tashqarida ham qon ivishiga to’sqinlik qiladi, venaga yuborilganda darrov ta’sir ko’rsatadi. Bilvosita ta’sir etuvchi Antikoagulyantlar (dikumarin, neodikumarin, shuningdek, fenilin, omefin va boshqalar) faqat organizmda qon ivishiga to’sqinlik qiladi. Bular ichiladi, eritmalari to’g’ri ichakka va venaga yuboriladi.