ANTIPODLAR

ANTIPODLAR (anti … va lotincha podes -oyoq) — 1. Yer kurrasining bir-biriga tamomila qarama-qarshi nuqtalarida yashaydigan jonivorlar. 2. Urug’li o’simliklarning murtak xaltachasida jinsiy apparatning qarama-qarshi tomonida joylashgan hujayralar. 3. (Ko’chma ma’noda) qarashlari yoki mijozlari qarama-qarshi bo’lgan, bir-biridan tubdan farq qiladigan kishilar.