Makeevka

Makeevka (1920-31 yillarda Dmitrievsk) — Ukrainaning Donesk viloyatidagi shahar (1925 yildan). Temir yo’l stansiyasi. Aholisi 401 ming kishi (1997). Toshko’mir qazib olinadi. Metallsozlik, ko’mir kombinatlari, quvur quyish, koks-kimyo, tsement zavodlari bor, konchilik asboblari va boshqalar ishlab chiqariladi. Yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Muhandislik qurilish instituti, teatr, o’lkashunoslik muzeyi mavjud. Shahar 1777 yildan ma’lum.