Makkajo’xori

Makkajo’xori (Zea mays L.) — bo-shokdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’tsimon o’simliklar turi, don va em-xashak ekini. M. Er sharidagi yovvoyi holda o’smaydigan eng qad. Ekinlardan biri. Vatani—Markaziy va Jan. Ameri- ka. Dastlab Meksika hududida qad. Mayya va astek qabilalari tomonidan mil.dan 5200 yil avval dehqonchilikdaekilgan. Evropaga 15-a. oxirida keltirilgan. M. ekiladigan xududlar shim. kenglikning 40° gacha boradi. Jahon dehqonchiligida M. ekilgan maydon 139,2 mln.ga, hosildorlik (don bo’yicha) 43,13 ts/ga, yalpi hosil 600,4 mln. t AKD] (28,5 mln. ga, hosildorlik 84 ts/ga), Braziliya (11,6 mln.ga, hosildorlik 27,6 ts/ga), Meksika (7,2 mln.ga; hosildorlik 25,3 ts/ga), Xi- toy (25,8 mln.ga; hosildorlik 48,8 ts/ga), shuningdek, Jan. va Jan.-Sharqiy Evro- Pa, Jan.-Sharqiy Osiyo, Jan. va Sharqiy Afrika mamlakatlarida katta maydon- larga ekiladi (1999). O’zbekistonda ham bu ekin qadimdan ekiladi (42 ming ga; hosildorlk 31,6 ts/ga; yalpi hosil 131,4 t; 2000). Poyasi tik, 5-6 m gacha, bo’g’imli, ichi g’ovak. Ildizi pataksimon, erga 1-1,5 m gacha kirib boradi. Poyaning eng ostki bo’g’imidan yo’g’on tayanch il- dizlar chiqaradi, ular o’simlikni yotib qolishidan saqdaydi va chopiq vaqtida yumshoq tuproq uyumi ularni nam hamda oziq moddalar b-n ta’minlaydi. Bar- glari keng nashtarsimon, ketma-ket joy- lashgan, usti tukli. M. bir uyli, to’pguli ayrim jinsli o’simlik, Chan-gchi to’pguli poya uchida ro’vak, urug’chi to’pguli so’tada popuksimon bo’ladi. Mevasi don. 1000 ta doni vazni 100— 400 g. So’tasi donli zo’g’ata, 500 dan 1000 gacha doni bo’ladi va uni o’rab turgan barg (g’ilof)lardan ibo- rat, har tup o’simlik 1-2 — 3 ta, ba’- zan undan ko’proq so’ta chiqaradi. Doni yirik, yumaloq, tuxumsimon yoki tishsi- mon, rangi va morfologik belgilariga ko’ra, tishsimon, yarim tishsimon, mum- Simon va qobiqli guruhlarga bo’linadi. Donining tarkibida 9-10% oqsil, 4-6% moy, 65-70% uglevod, V,, V2, V6, E vitaminlari, doni sarg’ish navlarida provitamin A, nikotin va pantaten kis- lotalar, flavonoidlar va b. mavjud. M. juda mahsuldor va turli maqsadlarda ishlatiladigan ekin. M. doni oziq-ovqat (un, yorma, bodroq, shirin qalamchalar, makkajo’xori moyi va b.), kraxmal-Pato- ka, pivo, spirt sanoatlarida ishlatila- Di. Aralash em i. ch. uchun xom ashyo, doni chorva mollari uchun to’yimli ozuqa (1 kg donining to’yimliligi 1,34 ozuqa birli- giga teng), ko’k massasi (1 kg ida 13,6— 14,6 g hazm bo’luvchi protein va 0,18—0,39 ozuqa birligi bor), silosi va doni b-n birga maydalab konservalangan so’tasi qimmatli ozuqa. M. poyasi, zo’g’atasi, qobiq bargidan qog’oz, linoleum, viskoza, izolyasiya materiallari, sun’iy po’kak, kinoplyonka va b. ishlab chiqariladi. M. popugi tibbiyotda ishlatiladi. Navi va tuproq-iqlim sharoiti- ga qarab o’suv davri 90-150 kun. M. issiqsevar, yorug’sevar, qurg’oqchilikka ancha chidamli bahori ekin, tuproq harorati 10° bo’lganda 10-12 kun- da unib chiqadi. Maysalari —2—3° sovuqqa chidaydi. Kuzda — 3° da sovuq uradi, ozuqalik sifatini pasaytiradi. 20-25°danormal o’sib rivojlanadi. Harorat 35° dan yuqori bo’lganda gulla- ri yaxshi changlanmasligi mumkin (yuqori harorat va havoning quruqligi urug’chi to’pgullar ipakchalarini quritib qo’yadi). M.ni asosiy ekin tarzida ekish uchun be- gona o’tlardan toza, sho’rlanmagan va sizot suvlari chuqur, o’tmishdosh ekinlardan kuzgi don ekini, dukkakli don, burdoy ekilgan er tanlanadi. Er kuzda 28— 30 sm chuqurlikda shudgorlanadi, gektariga 10-35 t go’ng va 60-80 kg sof fosfor hisobidan o’g’it solinadi. Erta bahorda boronalanadi yoki yoppasiga kultivasiya qilinadi. Urug’lar qator oralari 60, 70, va 90 sm qilib M. se-yalkalarida kvadrat- uyalab yoki qatorlab 6-10 sm chuqurlikda ekiladi. O’suv davrida 2 marta — birin- chisida gektariga 70-80 kg azot, 60-80 kg fosfor, ikkinchisida 80-100 kg azot, 50-60 kg fosfor, 40-50 kg kaliy hisobidan oziqlantiriladi, 2-3 marta kultivasiya qilinadi, 4-6 marta sugo- riladi. M. ko’kat em uchun ro’vak chiqar- guncha, silos uchun doni dumbul bo’lib etilganda va doni uchun to’la etilganda yig’ishtiriladi. O’zbekiston sharoit- larida ilg’or xo’jaliklarda don bo’yicha hosildorlik 50-60 ts/ga, ko’k massa bo’yicha 300-600 ts/ga ga boradi. M.ni ang’iz ekin sifatida (ezda bug’doydan bo’shagan maydonlarga) ham ekiladi. O’zbekistonda Vatan, Qorasuv 350 AMV, O’zbekiston tishsimon M.si, O’zbekiston 306 AMV, O’zbekiston 601 ESV, molda- viya 425 MB, Figaro, Nort va b. navlar hamda duragaylari ekiladi (2002). Ad.: Golodkovskiy V . L ., Sistema- tika kukuruzi, T., 1966; Rashidov T. R., Makkajo’xorining kelib chiqishi va Fi- logeniyasi, T., 1970; Azimov X.U., Agro- texnika kukuruzi na oroshaemix zemlyax Uzbekistana, T., 1973. Ibrohimjon Halimov.