Mayin junli qo’ylar

Mayin junli qo’ylar — jun qoplami o’ta zich joylashgan tivit to- ifasidagi mayin toladan tashkil topgan qo’ylar guruhi. M.j.q. qadimdan urchiti- ladi. Avstraliya, Evropa, AQSh, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ukraina va b. mamlakatlarda boqiladi. M.j.q. teri sathining 1 sm2 may- donchasida 4— 11 ming jun tolasi joylashgan bo’lib, o’rtacha diametri 25 mkm dan oshmaydi. M.j.q. junining jingalaklari bir me’yorda. Tolaning 1 sm2 uzunligida 6-9 jingalak mavjud. Teri qatlamlaridagi yog’va ter bezlari mahsuli bo’lgan murakkab yog’ter aralash- malari jun tolalarini sirtdan qoplab, tashki muhitning noqulay sharoitlari (harorat, namlik) ta’siridan va iflos- lanishidan asraydi. Junining o’rtacha uz. 7-10 sm. M.j.q.larning asosiy mahsuloti bir xil tuzilishdan iborat, oq rang, ipaksi- mon tovlanuvchi, yuqori sifatli mayin jun. Yunonlar bu junni «oltin jun» deb atashgan. Junni qayta ishlash va to’qimachilik sanoatida yuqori si-fatga ega bo’lgan silliq jun gazlamalar va mo- vut ishlab chiqariladi. Asosiy jun mahsulotidan tashqari, mayin junli qo’ylardan go’sht ham olina- Di. Shunga ko’ra, M.j.q. 3 guruhga: jun- dor (Ozarbayjon tog’merinosi, Stavro- Pol zotlari, sovet minorasi va b.); jun- go’sht yo’nalishidagi (Askaniya, Oltoy- Kavkaz va b.) va go’sht-jun yo’nalishidagi M.j.q. (arxaromerinoslar va b. zotlar)ga bo’linadi. M.j.q. 1 kg tirik vazni hisobiga 50— 70 g va undan ham ortiqroq jun tola berishi b-n boshqa guruhlardan ustun- lik qiladi, lekin jussasi maydaroq. Sovliqlarining tirik vazni 45-50 kg, qo’chqorlarniki 80-90 kg. Bir ona qo’ydan kamida 2,5—3,0 kg sof jun tolasi olish mumkin. Boshqa qo’ylarga nisbatan M.j.q. yashash sharoitiga o’ta talabchan. Ularni asrash, boqish, parvarish qilish Max- sus tayyorgarlikni va e’tiborni talab qiladi. 19-a.ning 70-80 y.lari va 20-a. bosh- larida va o’rtalarida M.j.q. O’zbekiston hududiga ham keltirilgan. Tosh-kent, Jizzax va b. viloyatlar xo’jaliklarida olib borilgan i.t. ishlari va kuzatish- lar natijasida respublikada yarim may- in junli qo’ychilik tarmog’ining paydo bo’lishi va shakllanishi birmuncha ja- dallashdi. Ll.Shchekin V. A., Chorvachilikt., 1960; Amirov A. Q. va b., Chorvachilik, T., 1980. Abdusattor Amirov.