Mayiz

Mayiz — oftobda, soyada yoki Max- sus quritgich mashinalarda quritilgan uzum g’ujumi. Mayizbop uzum navla- ridan tayyorlanadi. Quritish usuliga ko’ra, avlon (turli nav uzumlari oftob- da quritiladi), bedona, garmiyon, sabza, soyaki va b. turlari bor. M. solishning oddiy usulida uzum bo’yra, bordon yoki suvalgan maydonga yoyilib quritiladi. Bu usulda uzum 20-30 kunda quriydi. Ishqor eritmasiga botirib olingan uzum 7-10 kunda qurib, 24-30%, maxsus qurilgan soyakixonada esa 4-8 haftada qurib, 23-25% M. tushadi. O’zbekiston FA «Asbobsoz» birlashmasida M. quritishda qo’llaniladigan maxsus ma- shinalar (mayiz quritgichlar) yaratilgan. Bu mashinalar M. ni oftobda quritishda chang b-n ifloslanishning oldini oladi. M. tarkibida quruq moddasiga nisba- tan 79,5-87,5% gacha qand, 0,5-3% orga- nik ktalar, 2,1—2,9% azotli moddalar, 1% kletchatka, 2-2,9% kul va b. bor. M. namligi 18%dan ortiq bo’lmasligi kerak. Quritilgan uzum chang, turli aralashmalardan tozalanadi, standart qutilarga, qoplarga joylanadi. A’lo navli M.lar O’zbekiston, Tojikiston, Eron, Afg’oniston, Italiya, Avstraliya va b. mamlakatlarda tayyorlanadi.