Maykelson (Michelson) Albert Abraxam

Maykelson (Michelson) Albert Abraxam (1852.19.12, Strelno, hoz. Stshelno, Polsha — 1931.9.5, Pasade- na, Kaliforniya) — amerikalik fizik, AQSh Milliy FA a’zosi (1923-27 Pre- zidenti). AQSh harbiy dengiz Akademi- yasini tugatgan (1873). 1889-92 y.larda Massachusets shtatidagi Vuster unti, 1892-1929 y.larda Chikago unti prof. Asosiy ilmiy ishlari fizik optikaga oid. 1878-82 y.lar va 1924-26 y.larda yorug’lik tezligini aniqlash ustida ish olib borgan. Natijada 1927 y.da u topgan yorug’lik tezligining qiymati anikligi bo’yicha uzoq vaqt davomida eng mukammal hisoblangan: s=299796 ± 4 km/s. Optik texnikaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan interferometriya ixtiro qilgan (1881). O’zi ixtiro qilgan interfero- metrii qo’llab, yorug’lik tezligining er harakati tezligiga bog’liq emasligi- ni tajribada isbotlagan (q. Maykel- son tajribasi), uzunlik birligi metr b-n yorug’likning to’lqin uzunligini taqqoslagan, spektral chiziqlarning o’ta yupqa tuzilishini tekshirgan. Juda yuqori ajrata olish qobiliyatiga ega bo’lgan spektral as-bob (Maykelson esheloni)ni ixtiro qilgan. Yulduzlar- ning burchak dia-metrlarini anikdagan. Nobel mukofoti laureati (1907). Ad.: Djefer B., Maykelson i SKO- rost Sveta [Per. s angl.], M., 1963.