Makenzi, Makkenzi
Makenzi, Makkenzi — Kanadaning shimoliy-g’arbidagi daryo. Katta Qullar ko’lidan boshlanib, Makenzi pasttekisligidan oqadi va shimoliy Muz okeanining Bofort dengiziga quyiladi. Uzunligi 1770 kilometr, Pisriver irmog’i bilan birga 4250 kilometr, havzasining maydoni (katta qullar ko’li havzasiga kiruvchi qullar, Pisriver va Atabaska daryolari sistemasi bilan birga) 1804 ming km2. Vodiysi botqoqlangan, qoraqarag’ay o’rmonlari bilan qoplangan. Qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Bahor va yozda sersuv bo’ladi. O’rtacha suv sarfi 11 ming m3/s. Oktabrdan may oyigacha muzlaydi. 2200 kilometr masofada (deltasi va irmoqlari bilan birga) kema qatnaydi. Shotland savdogari va sayyohi A. Makenzi 1789 yilda daryoning boshlanishidan quyilish joyigacha bosib o’tgan.