Lyaonin
Lyaonin (Xaychen) zilzilasi — Xitoyning Lyaonin provintsiyasida 1975 yil 4 Fevralda soat 19 dan 36 minut o’tganda ro’y bergan kuchli zilzila. Lyaonin zilzilasining magnitudasi Rixter shkalasi bo’yicha M-7,3. zilzila kuchi 12 ballik MSK-64 shkalasi bo’yicha 9-10 ballga teng bo’ldi. Xitoy seysmologlari bu zilzilaning joyi, kuchi va vaqtini oldindan aytishga muvaffaq bo’lishgan. Odamlar zilzila episentridan o’z vaqtida olib chiqib ketilganligi sababli qurbonlar bo’lmagan.
O‘xshash so‘zlar
- Lyaonin
- Lyapunov teoremasi
- LYAPUNOV USULLARI
- Lyoss
- Lyossimon yotqiziqlar
- Lyossli plato
- Lyovi (Loewi) Otto
- Lyubanskiy Matvey Robertovich


