Livan tog’lari
Livan tog’lari (Arabcha — Jabal Libnon) — G’arbiy Osiyodagi tog’ tizmasi, Livan hududida. O’rta dengiz sohili bo’ylab 170 kilometr masofaga cho’zilgan. Eni 45 kilometrgacha. Eng baland joyi 3088 metr (Karnot as-Sauda cho’qqisi). Sharkda Bekaa botig’i bilan chegaralangan. Asosan, ohaktosh va qumtoshlardan iborat. Yon bag’irlari tik, butalar bilan qoplangan. Ba’zida o’rmonlar uchraydi. Yillik yog’in 1000-3000 mm. Ohaktoshdan tuzilgan joylarida karst rivojlangan. dovonlari 1500 metrcha balandlikda.
O‘xshash so‘zlar
- Livan
- Livanlar, Livan arablari
- Livan, Livan Respublikasi
- Liverpul
- Livingston
- Livingston sharsharalari
- Liviya cho’li
- Liviya, Liviya Arab sotsialistik Xalq Jamahiriyasi











