Livanlar, Livan arablari
Livanlar, Livan arablari — xalq. Livanning asosiy aholisi (2,25 million kishi). Umumiy soni 2,36 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Quvayt, Amerika, Afrika va Avstraliyada ham yashaydi. Arab tilining suryoniy-Livan shevasida so’zlashadi. Dindorlari — xristianlar (maroniylar, melkitlar, grek-pravoslavlar), musulmonlar (sunniy va shialar). Livanlar qishloq xo’jaligi, savdo, hunarmandlik bilan shug’ullanadi; bir qismi sanoatda band.
O‘xshash so‘zlar
- Liverpul
- Livingston
- Livingston sharsharalari
- Liviya cho’li
- Liviya, Liviya Arab sotsialistik Xalq Jamahiriyasi
- Livon ordeni
- Livon urushi
- Livoniya











