Limerik
Limerik — Irlandiyaning Janubiy- g’arbiy qismidagi shahar. Limerik grafligining ma’muriy markazi. Aholisi 80 ming kishi (1990-yillar oxiri). Temir yo’l stantsiyasi. Shannon daryosi estuariysidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanadigan va savdo qilinadigan markaz. Mashinasozlik, elektrotexnika, tikuvchilik, ko’n-teri, qurilish materiallari, radioapparaturalar ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Nafis tur to’qiladi. Kartinalar galereyasi bor. 9— 17-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.