Kapuas
Kapuas — Kalimantan o.ning g’arbiy qismidagi daryo, Indoneziyada eng katta. Uzunligi 1040 kilometr, havzasining maydoni 97 ming km2. Boven-Kapuas tog’laridan boshlanadi. Botqoqlashgan tekisliklardan oqib, Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Yil bo’yi to’lib oqadi, yog’ingarchilik mavsumlarida (aprel va noyabr oylarida) atrofdagi hududlarni suv bosadi. O’rtacha suv sarfi 5000 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 900 km masofada kema qatnaydi (Orolni ichki rayonlar bilan bog’lovchi asosiy transport yo’li). Deltasida Pontianak porti joylashgan. Daryoda baliq ovlanadi, yog’och oqiziladi.
O‘xshash so‘zlar
- Kapurlar oilasi
- Kaputikyan Silva (Sirvard) Barunakovna
- KAR PILLA
- Kara dengizi
- Karadrina
- Karageorgievichlar
- KARAGODEUASHX
- Karakas











