Kapova g’ori, Kapovaya g’ori, Shulgantosh

Kapova g’ori, Kapovaya g’ori, Shulgantosh — Janubiy Ural tog’laridagi eng yirik g’or. Oq Idil daryosi (Kamaning chap irmog’i)ning o’ng sohilida (Boshqirdiston). 1959 yilda ukrainalik olim O.N.Bader o’rgangan. Umumiy uzunligi 2 kilometrdan ziyod. Yo’lak va ungurlar ikki qavatdan iborat: 1-qavatda turli geometrik shakllar, 2-qavatda 7 mamont, 2 ot, 2 karkidonning surati bor. Kapova g’oridagi suratlar g’or og’zidan 300 metr ichkarida. Geometrik shakllar va uzunligi 44 santimetrdan 112 santimetrgacha bo’lgan suratlar paleolit davriga mansub.