Karashina
Karashina — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumaniaagi qishloq. Tumanning ma’muriy markazi. Viloyat markazi Qarshi shahridan 101 kilometr Janubi-Sharqda. Yaqin temir yo’l stantsiyasi G’uzor (50 kilometr). Aholisi 8,4 ming kishi (2002). Buloqlar suvidan ta’minlanadi. Katta suv havzasi mavjud. Tuman hokimiyati binosi, umumiy ta’lim maktablari, musiqa maktabi, kasb-hunar kolleji, aloqa bo’limi, kutubxona, meteorologiya stansiyasi, dehqon bozori, sport majmuasi, tuman Markaziy kasalxonasi va boshqa tibbiy muassasalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.