Karayli tog’lari

Karayli tog’lari – Hisor tizmasining janubiy-g’arbiy tarmog’i. Qashqadaryo viloyatining Janubiy-sharqida. Eng baland joyi 964 metr, uzunligi 7 kilometr. Ikki antiklinal strukturadan iborat. Yon bag’irlari shimoli-g’arbida qir-adirlardan keskin ko’tarilgan (karamel cho’qqisi, 883 metr) va kuchli parchalangan. Suvayirgich qismi paleogen (Buxoro yarusi) ning qattiq ohaktosh va qumtoshlaridan tarkib topgan. Qattiq ohaktosh va qumtoshlarning mavjudligi sababli kuesta relef shakli vujudga kelgan. To’q bo’z tuproqlarda past tog’larga xos efemer va efemeroidlar, bug’doyiq, tog’ shuvog’i, chalov, qo’ziquloq, butalardan bodom, pista va boshqalar o’sadi. Yaylovlarning mahsuldorligi o’rtacha 2,3—3,0 ts/ga. Karayli tog’lari shimoli-sharqidan qarshi — Termiz avtomobil yo’li va G’uzor daryosi o’zani o’tgan.