Kentov

Kentov — Qozog’istonning Janubiy Qozog’iston viloyatidagi shahar (1955 yildan). Qoratov tizmasi yon bag’rida, 250-300 metr balandlikda, Chimkentdan 225 kilometr shimoli-g’arbda, Turkiston temir yo’l stantsiyasidan 40 kilometr. Aholisi 55,5 ming kishi (1999). Polimetall rudalari boyitiladi. Ekskavator va transformator zavodlari, temir-beton konstruktsiyalari zavodi, kon-metallurgiya texnikumi bor. Umumiy ta’lim maktablari, gimnaziya, litsey, kutubxona, muzey mavjud.