Lofoten orollari

Lofoten orollari — Norvegiya dengizidagi arxipelag, Skandinaviya yarim orolining shimoliy-g’arbiy qirg’oqlari yaqinida, undan Vestford bo’g’ozi orqali ajralgan. Norvegiya hududi. 4 katta va ko’plab mayda orollardan iborat. Maydoni 1,2 ming km2. Qirg’oqlari tik, Fordlar bilan parchalangan. Relefi tog’li, eng baland joyi 1161 metr. Granit, gneys, sienit va kristall slaneslardan tuzilgan. Iqlimi sernam, dengiz iqlimi. Yiliga 1600 mm dan ortiq yog’in yog’adi. Tog’ tundrasi o’simliklari o’sadi. Aholi sohil bo’ylab joylashgan. Baliq (seld, treska) ovlanadi. Qo’ychilik rivojlangan. Eng katta aholi punkti — Svolver.