Navbahor

Navbahor — Namangan viloyati Pop tumanidagi shaharcha (1979 yil 15 dekabrdan). 1972 yilda, Namangan — Qo’qon avtomagistrali yonida, cho’lda, qum barxanlari orasida vujudga kelgan. Tuman markazidan 25 kilometr, viloyat markazidan 75 kilometr. Namangan — Andijon temir yo’ldagi stansiya. Aholisi 2 ming kishi (2003). Navbahorda umumiy ta’lim maktabi, to’liqsiz maktab, baliqchilik aktsiyadorlik jamiyati, fuqarolar yig’ini binosi, 5 tibbiy punkt, vrachlik ambulatoriyasi, savdo, madaniy, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.