Narekasi

Narekasi — kechpishar xo’raki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida Echkiemar va Parkent navlarini chatishtirib yaratilgan. G’ujumi yirik, cho’ziq, to’q binafsha rang. Pusti kalin, eti sersuv, mazasi xushxo’r. Hosildorligi 165— 190 ts/ga. Kasallik va zararkunandalarga chidami, sovuqqa bardoshi past. Yangiligida iste’mol etiladi, qishda uzoq saqlashga chidamli.