Naryan-Mar
Naryan-Mar —Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyatidagi shahar (1935 yildan), Neneslar Muxtor okrugi markazi. Dengiz va daryo porti va Pechoraning o’ng sohilidagi pristan. Barents dengizidan 110 kilometr uzoqlikda. Aholisi 187 ming kishi (1998). Taxta tilish va moy zavodlari, Pechora baliq, go’sht kombinatlari, o’rta maxsus bilim yurtlari, o’lkashunoslik muzeyi bor. 1933 yilda sanoat korxonalari qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan.