Nasriddinova Gulixon

Nasriddinova Gulixon (1949.10.7, Tojikiston Respublikasining Ko’lob shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1997). Termiz pedagogika institutining chet tillar fakultetini tugatgan (1971). 1971 yildan Uzun tumanidagi 4-maktabda, 1997 yildan 4-ixtisoslashtirilgan internat maktabida ingliz tili o’qituvchisi. Nasriddinova har bir darsni puxta, jonli, texnik vositalar va test sinovlari asosida tashkil etadi. U ish faoliyati davomida davlat ta’lim standartlarini joriy etish maqsadida noan’anaviy dars usullari (seminar- dars, konferentsiya-dars, savol-javob, ekskursiya-dars)dan foydalanadi.