Odamtosh

Odamtosh — Chatqol tizmasining suvayirg’ich qismidagi dovon. Chirchiq va Ohangaron vodiylarini tutashtirib turadi. 2696 metr balandlikda. Dovonga Janubi-g’arbda Kattasoy, Janubi-sharqda yertoshsoy vodiylari bo’ylab chiqiladi. Dovon orqali Chatqol daryosining chap irmog’i Teraklisoydan (Oqbuloq Daryosining yuqori qismi) Irtosh daryosiga (Ohangaron daryosining o’ng irmog’i) o’tiladi. Dovondan iyundan oktabrgacha chorva mollarini haydab o’tishda foydalaniladi.