Oddiy mehnat
Oddiy mehnat — hech qanday maxsus tayyorgarligi, malakasi, ixtisosi bo’lmagan odamning mehnati. Masalan, yuk tashuvchi va yukni tushirib-ortuvchi, farrosh yoki qorovul bajaradigan ishlar qandaydir tayyorgarlik ko’rishni, muayyan malakaga, qobiliyatga ega bo’lishni talab etmaydi. Shuningdek, odamlarning uy- ro’zg’or va uy-xo’jalik borasidagi bajaradigan ishlari ham Oddiy mehnat hisoblanadi.