So’k oshi

So’k oshi — suyuq taom. Qaynoq suvga so’k (oqlangan tariq) solinib, 15— 20 minut qaynatiladi. So’k pishishi oddidan tuz solinadi. Taom bir oz sovigach, qatiqlanadi (ba’zan mayda to’g’ralgan piyoz qo’shiladi). So’k oshi ilgari qo’sh haydash, pichan o’rish va boshqa qishloq xo’jaligi. ishlari paytida ko’p iste’mol etilgan. Hozir ham chanqoq bosdi taom tarzida tayyorlanadi.