Varta

Varta — Polshadagi daryo, Odraning eng katta o’ng irmog’i. Uzunligi 808 kilometr, havzasining maydoni 54,5 ming km2. Kichik Polsha qirlarining g’arbiy chekkasidan boshlanib, Buyuk Polsha pasttekisligidan oqadi. Bahorda to’lib oqadi, yoz va kuzda toshadi. Yillik o’rtacha suv sarfi 220 m3/sek. Poznan shahrigacha kema qatnaydi. Varta kema qatnaydigan asosiy irmog’i — Notes orqali Bidgoshch kanali bilan Vislaning brda irmog’iga tutashgan. Varta bo’yida Chenstoxova, Poznan, Gojuv-Velkopolski va boshqa shaharlar joylashgan.