APIA

APIA — Samoaning poytaxti. Aholisi 35 ming kishi (1998), asosan yevropaliklar. Tinch okeandagi Upolu orolining shimolida, Apia tog’ining yon bag’rida (dengiz sathidan 396 metr balandlikda). Qishloq xo’jaligi mahsulotlari, yog’ochni qayta ishlovchi va oziq-ovqat sanoatining uncha katta bulmagan korxonalari mavjud. Apia orqali chetga kopra, banan, kakao chiqariladi. Xalqaro aeroport bor. Yirik dengiz porti. Apia 19-asr oxirida tashkil topgan.