Lazerolokatsiya

Lazerolokatsiya — yer sun’iy yo’ldoshlarigacha bo’lgan masofalarni aniqlash usuli. Lazerolokatsiya printsipi kvant generatori (lazer)dan chiqqan ingichka va qisqa yorug’lik impulsining yo’ldoshga borib yetishi va qaytib kelishi uchun ketgan vaqtni o’lchashga asoslangan. Yorug’likning tarqalish tezligi aniq bo’lgani uchun Lazerolokatsiya yo’li bilan aniqlangan vaqt orqali masofani katta aniqlikda o’lchash mumkin. Lazerolokatsiya paytida vaqtni o’lchash uchun kvars soatlari ishlatiladi. Lazerli masofa o’lchagichlarda vaqt intervallari hisoblagichi o’rnatilgan bo’ladi. Impuls lazer asbobidan chiqish paytida hisoblagich yoqiladi va impuls unga qaytib tushishi paytida esa o’chiriladi. Bu printsipda ishlovchi hisoblagichlarda aniqlik 1 nonosekundgacha boradi. Bu esa sun’iy yo’ldoshgacha bo’lgan masofani 10-15 santimetr aniqlikda o’lchashga imkon beradi.