Lapin Sherali
Lapin Sherali (Serali) Munaytpasovich (1868, Oqmachit — 1919, Samarqand) — «Shuroyi ulamo» tashkiloti rahbarlaridan biri (1917-18). Toshkentdagi Turkiston o’qituvchilar seminariyasini, Sankt-Peterburg universiteti yuridik fakultetini tugatgan (1904). Samarqand viloyati harbiy gubernatorligi Mahkamasida tarjimon bo’lib ishlagan. 1895 yil Samarqandda uning 2 asari: «ruscha-O’zbekcha lug’at» (4000 ta so’z va o’zbek tilining qisqacha grammatikasi bilan) va «Samarqand shaxri tarixiy yodgorliklaridagi yozuvlarning tarjimasi» (rus tilida) bosilib chiqqan. Lapin Go’ri Amir, Shoxizinda maqbaralari, Bibixonim jome masjidi, Bibixonim madrasasi, Shayboniyxon daxmasi va boshqa me’moriy yodgorliklardagi yozuvlarni ilk marta rus tiliga tarjima qilgan. Markaziy rus matbuotida turkiy xalqlar tarixi, dini va madaniyati to’g’risida ilmiy maqolalar e’lon etgan. Turkistonda jadid — yangi usul maktablari ochish talabi bilan chiqqan. 1916 yildagi qo’zg’olonlarda qatnashgan o’zbek, qozoq, qirg’iz va boshqa xalqlarning vakillarini sudda advokat sifatida o’lim jazosidan himoya qilgan. «Sho’roi ulamo» tashkilotining Toshkent sho’basini boshqargan (1917-18). Samarqanddagi Shohizinda qabristoniga dafn etilgan. Ad.: Mustafo Cho’qay o’g’li, Istiqlol jallodlari [1917 y. xotiralari], T., 1997; A’zamxo’jaev S ., Turkieton Muxtoriyati, T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Rajabov K,., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917— 1924 y.), T., 2002; O’zbekiston tarixi (1917-1991 i.), T., 2002.Qahramon Raja- bov, Murodilla Haydarov.