APONEVROZ

APONEVROZ (Yunoncha aponeurosis: apo… va neuron — pay) — tarkibida qalin elastik va kollagen tolalar bo’lgan biriktiruvchi serbar to’qima; ba’zi serbar muskullar payi. Qo’l-oyoq kafti terisining ostida, boshning sochli qismida, qorin devorida va boshqa joylarda bo’ladi. Aponevroz serbar muskullarni suyaklar yoki boshqa to’qimalar bilan bog’laydi.