Lej, Leyk
Lej, Leyk — Belgiyaning Sharqiy qismidagi shahar. Lej provintsiyasining ma’muriy markazi. Urt va Maas daryolari qo’shilish erida joylashgan. Transport yo’llarining yirik tuguni. Daryo porti, kanal orqali Antverpen sh. bilan bog’langan. Aholisi 185,6 ming kishi (2000). Lej mamlakatning og’ir sanoat markazlaridan. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik rivojlangan. Kime va rezina-texnika, oyna-shisha (yuqori sifatli billur ishlab chiqarish), tsement, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Ov qurollari va sport anjomlari ishlab chikariladi. Shahar yaqinidagi Xerstalda yirik harbiy sanoat korxonasi joylashgan. Toshko’mir olinadi. Universitet, badiiy akademiya, konservatoriya, nafis san’at, arxeologiya va boshqa muzeylar bor. Shaharga 8-asrda asos solingan. 1830 yilgacha turli davlatlar tarkibida bo’lib keldi. Me’moriy yodgorliklardan 10— 18-a.srlarda qurilgan sobor, cherkov, ratusha va saroylar saqlangan. Lej yozuvchi J. Simenon vatani.