Lisentsiat

Lisentsiat (lotincha licentiatus — ruxsat berilgan) — 1) Frantsiya oliy ta’lim tizimi, shuningdek, Finlyandiya, Shveytsariya va Lotin Amerikasidagi ayrim mamlakatlar universitetlarida qabul qilingan dastlabki ilmiy daraja. Oliy o’quv yurtlaridagi ta’limning 3— 4-yillarida beriladi. Bunday darajali kishilar o’rta o’quv yurtlarida dars berish va boshqa ta’lim-tarbiya ishlari olib borish huquqiga ega bo’ladilar; 2) o’rta asr universitetlarida hali Doktorlik dissertatsiyasini yoqlamagan, lekin lektsiya o’qish huquqiga ega bo’lgan o’qituvchi.