Lisisian Pavel Gerasimovich

Lisisian Pavel Gerasimovich [1911.24.10 (6.11), Vladikavkaz] — arman xonandasi (bariton). 20-asr opera ijrochiligining yetakchi namoyandalaridan. Yerevan konservatoriyasini tugatgan (1960). Leningrad opera teatri (1935-37), Armaniston opera va balet teatri (1937— 40), katta teatr (1940-66)da yakkaxon xonanda, Yerevan konservatoriyasida professor (1967-73). Keng diapazonli, kuchli, jarangdor va tiniq ovoz sohibi. Ijro uslubi mukammal musiqiy talqin, yuksak badiiy did bilan ajralib turadi. Opera sahnasida Almast (A.Spendiarov, «Almast»), Arshak II (P. Chuxajanyan, «Arshak II»), Eleskiy, Onegin, Mazepa, Robert (P. Chaykovskiy, «qarg’a motkasi», «Yevgeniy Onegin», «Mazepa», «Iolanta»), Jermon, Amonasro, Ford (J.Verdi, «Traviata», «Aida», «Falstaf»), Napoleon (S. Prokofev, «urush va tinchlik») kabi asosiy partiyalarni ijro etgan. Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlarida, xususan, O’zbekistonda ham gastrolda bo’lgan. Lisisianning farzandlari — Karina (1938, messosoprano), Ruzanna (1945, soprano, Niderlandiyadagi xalqaro xonandalar tanlovi laureati, 1974), ruben (1945, tenor, Germaniyadagi Shuman nomidagi tanlov g’olibi, 1969) ham xonandalardir. Lisisianning qizlari mashhur «Madrigal» ansambli bilan Toshkentda kontsert berishgan.