Lojuvard

Lojuvard (forscha — moviy), Lazurit, lyapis-Lazur — mineral. Kimyoviy tarkibi (Na,Ca)g[Al SiOJ6(SO4, C1,S)2. Kub singoniyada kristallanadi. Asosan, to’q ko’k, binafsha va ko’kimtir-yashil yaxlit, zich tusdagi mayda donador mas- Salar ko’rinishida, ba’zida kristallar holida uchraydi. Qattiqligi 5,5—6,0. Zichligi 2,3—2,4 g/sm3. Yaltirokligi shishasimon. Xlorid kislotada parchalanadi. Kontakt metamorfli ohaktoshlarda ishqorli va kamroq otilib chiqqan nordon tog’ jinslari va ularning pegmatitlariga yaqin joylarda vujudga keladi. Ko’p hollarda flogopit, gumit va forsterit bilan birga uchraydi. Eng yirik konlari Afg’oniston (Badaxshon), Tojikiston va Rossiyada (Baykal bo’yida). Qimmatbaho bezak tosh sifatida ishlatiladi, undan moviy rangdagi badiiy bo’yoqlar ham olinadi.