LOJUVARD YO’LI

LOJUVARD YO’LI – O’rta Osiyoning qadimgi Sharq mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarida muhim o’rin tutgan qadimgi tranzit aloqa-savdo yo’li. Turli ramziy nomlar (Oltin yo’li, Ipak yo’li, kumush yo’li, nefrit yo’li va boshqalar) bilan ataluvchi aloqa-savdo yo’llari ichida davriy jihatdan eng qadimgisi hisoblanadi. Buyuk ipak yo’li shakllanishidan 3 ming yilcha oldinroq mavjud bo’lgan. Tarixiy-geologik tadqiqotlarning dalolat berishicha, lojuvardning qad. Sharq dunyosidagi eng mashhur konlari Pomir tog’larida, tog’li Badaxshonda joylashgan. O’rta Osiyoning eneolit va jez davring mansub makonlaridan — Janubiy Turkmanistondagi oltintepa, Zarafshop darssining yuqori va quyi oqimlaridagi Sarazm va Zamonbobo makonlaridan lojuvarddan yasalgan turli buyumlarning topilishi Lojuvard yo’li ning maqalliy yo’nalishlari haqida dalolat beradi.