Suv olish inshootlari

Suv olish inshootlari, suv olgichlar — suv manbalari (dare, ko’l, suv ombori, er osti suvlari va b.) dan sug’orish, gidroenergetika yoki shu kabi tarmoklarga suv olish uchun quriladigan gidrotexnika inshootlari. Dalalarni sugorish, yaylovlarga suv chiqarish, elektr st-yalarga suv berish, aholi punktlari va sanoat korxonalarini suv bilan ta’min- lash uchun quriladi. S.o.i. suv yo’liga zu- rur mikdorda, sifati saqlangan va suv iste’moli grafigiga muvofiq suv tushi- shini ta’minlashi shart. So.i. to’g’onsiz, to’sikli va to’g’onli bo’ladi. To’g’onsiz suv olgich, asosan, suvni o’z oqimi bilan chiqarish imkoniyati bo’lgan sharoitlar- da quriladi. Bu hollarda oqiziq hosil bo’lishini bartaraf etish uchun maxsus tindirgichlar quriladi yoki zemsnaryad- lardan foydalaniladi. To’gonsiz suv olgichlar bir quloqli yoki ko’p qulokli bo’lishi mumkin. Bir qulokli S.o.i. be- vosita Daryo qirgog’idan boshlanadi yoki Daryo o’zaniga kirgan bo’ladi (mas, Norin daryosida shim. Farg’ona kanali, Vaxsh da- ryosida Vaxsh kanali S.o.i.). Ko’p quloqli suv olgichlarda Daryo qirg’og’ining bir necha joylarida bir kanalga suv beruv- chi yo’laklar qaziladi (mas, Amudaryoda AmuBuxoro mashina kanali, Paxtaarna va Qoraqum kanallari). Ko’p qulokli S.o.i. daryolardan kanallarga uzluksiz suv o’tishini va suv bilan ta’minlanishni birmuncha oshiradi. Yo’lkalar tindirgich vazifasini ham o’taydi va extiyojga ko’ra, navbatmanavbat ishlatiladi. Sug’oriladigan maydon daryodagi suv sathidan balandda joylashgan bo’lsa, mashina (nasos) S.o.i. — nasos stantsi- yalari quriladi (1rasm). To’siq (shpora) li suv olgich Daryo suvi sathi past bo’lgan hollarda suvni damlashda tosh, shoxshab- ba kabi mahalliy materiallardan to’siq yasab quriladi (2rasm). To’siq qarshi qirg’oqqacha davom etishi shart emas. Hoz. to’siqli S.o.i. deyarli qo’llanilmaydi. To’g’onli S.o.i. turg’un suv olish uchun Daryo suvi sathini bir xil darajada sa- Klab turishni ta’minlaydi. U gidrouzel tarkibiga kiradi; kichik, o’rta va yuqori bosimli, suv olish sharoitiga qarab bir tomonli — suvni faqat bir qirg’oqqa beradigan (Chirchiq daryosida Chapqirg’oq Qorasuv), qo’sh tomonli — suvni ikkala qirg’oqqa oqizadigan (Zarafshon Daryo- sida birinchi may); frontal — oqim yo’nalishiga perpendikulyar joylashgan (Qurshob daryosida Qurshob) va yonbosh — oqim yo’nalishiga malum burchak ostida joylashgan (Amudaryoda Taxiatosh) S.o.i. ga bo’linadi. Daryolarda suv sathi va sarfining ke- skin o’zgaruvchanligi, oqimlarning juda ham loyqaligi sug’oriladigan erlarga suv berishni qiyinlashtiradi. Bu sharo- itlarda S.o.i. daryoda zarur suv sathini vujudga keltiradi, sug’orish uchun za- rur suvsuv sathi ni xoxdagan vaqtda (toshqin, yoz chillasi) beradi, kanallarni loyqa bosi shidan himoya qiladi. Ad.: Husanxo’jaev Z.H, Gidrotexnika inshootlari, T., 1978; Gidrotexnicheskie soorujeniya, M., 1978. Masharif Boqiev.