SUV MUHOFAZA O’RMONLARI

SUV MUHOFAZA O’RMONLARI – suv manbalari va havzalarini iflos- lanish va loyqa bosishdan saklash, suv zaxiralarini ko’paytirish, ularning muntazam to’yinishini ta’minlashga xizmat qiladigan tabiiy va maxsus bar- po etilgan o’rmonzorlar. S.m.o’. shuning- dek, suvni tartibga solish va tuproqni himoya qilish vazifasini ham bajara- Di; tuproqni shamol va suv eroziyasidan saklaydi; shamol tezligini pasaytira- Di, namlikning tuproq ostiga o’tishini kuchaytiradi; selnpng oddini oladi; tuproq eroziyasi mahsulotlarini ushlab qolib, havo va suvni tozalaydi. S.m.o’. suv oqimi o’zgaruvchanligini kamayti- radi; bu bilan gidrotexnika inshootla- ri va GESlarning muntazam ishlashiga, shahar va aholi punktlarini ichimlik suv bilan, qishloq xo’jaligi.ni sug’orish suvi bilan barqaror ta’minlashga im- kon beradi. S.m.o’. 1 guruh o’rmonlariga kiritiladi. O’rta Osiyo hududida aso- siy daryolarning oqimi tog’larda hosil bo’ladi, shu sababli tog’o’rmonlarining ahamiyati, ayniqsa, katta. O’simliklar va ko’p mikdorda nam singdiradigan xa- zon to’shamalarigina tog’larga yog’adigan yog’inlarni, ayniqsa jala yomg’irlarini tutib qolishi mumkin. Tajribalarda suv havzasi maydonida daraxtzorlarning 10% ko’payishi oqimni 12-17 mm ortti- rishi aniklangan. O’rta Osiyo tog’larida o’rmonlar kam: tog’larning o’rmonlar bi- lan qoplanish darajasi 2,47%, jumla- dan, O’zbekistonda 2%, Qirg’izistonda 4,2%, Tojikistonda 1,8%, Turkmani- stonda 0,8%, Jan. Qozog’istonda 2,5% ni tashkil etadi. Shuning uchun ham bu mintaqada o’rmonlarni muhofaza qilish va yangi o’rmonzorlar barpo etish masalasi juda katta ahamiyatga ega. 1880 y.da Samarqand (Omonqo’ton)da N.I.Korolkov, 1889 y.da Toshkent VI- loyati (Oqtosh)da S.Yu.Rauner birinchi marta O’rta Osiyodagi tog’yon bag’irlarida o’rmonzorlar tashkil etishga asos sol- dilar. Bu o’rmonzorlar hozir ham mav- jud. Archa, pista, yong’oq, bodom, qora archa va b. tog’lardagi asosiy daraxtlar hisoblanadi. Ekologik ahamiyati katta bo’lgan archazorlar bal. 1200 dan 3000 m gacha bo’lgan tog’larda o’sadi. O’rta Osiyo- da tabiiy archazorlar 492,8 ming ga dan ortiq, jumladan, O’zbekistonda 192,5 ming ga, Qirg’izistonda 151,8 ming ga, Tojikistonda 124,7 ming ga, Turkma- nistonda 23,8 ming ga maydonni, tog’yon bag’irlarida ekilgan archazorlar 5000 ga dan ziyod maydonni egallaydi. O’rmon daraxtlari ko’chatlari Max- sus ko’chatxonalarda etishtiriladi. Tog’ yon bag’irlarida terassalar tayyorlash, ko’chatlar o’tqazish uchun mashina va mexa- nizmlar kompleksi keng qo’llaniladi. Toe o’rmonzorlarini muhofaza qilish va kengaytirishda qo’riqxonalarning ahamiyati katta (q. Zomin tog’o’rmon davlat qo’riqxonasi, Nurota davlat qo’riqxonasi). Ihota daraxtzorlari Daryo yoqalarida, yirik magistral kanallar (Jan. Mirzacho’l, Katta Farg’ona, Qarshi, AmuBuxoro mashina kanali, Qoraqum va h.k.), xo’jaliklararo va xo’jalik kanal- lari bo’yida, suv omborlari (Qayroqqum, Kattaqo’rg’on, Jan. Surxon, Chorvoq, Tuyabo’g’iz va b.) atroflarida tashkil qilingan. Qirg’oq bo’ylari va qayirlarda, asosan, jiyda, terak, tol, qayrag’och va b. ekiladi. Ad.:Xanazarov A.A., Molderf B.C., Texnologicheskie Osnovi sozdaniya za- tshitnix lesnix nasajdeniy v gorax, T., 1988. Abdushukur Xonazarov.