Suv bilan isitish

Suv bilan isitish – eng keng tarqalgan isitish tizimi. Turar joylar, jamoat va sanoat binolarini isitishda kullaniladi. Isitiladigan xonalarga issiklik manbai (qaynoq suv) isitish asboblari va quvurlar orqali boradi. S. bilan i. tizimi tarkibiga suv isit- kich (qozon, issiklik almashish appa- RATA), isitish asboblari (radiatorlar, konvektorlar, panellar, reestrlar), suv quvurlari, kengaytirish idishi, suvni ochibyopish va rostlash armaturasi kiradi. Suv isitkich suvni 50-90° gacha isitib beradi. Oddiy qozonlarda suv isitish uchun o’tin, kumir yoki gaz yoqiladi. Elektr qozonlarda elektr tokidan foydalani- ladi. Issiqlik almashish apparatlari tizimiga tarqatiladigan suvni me’yoriy traga moslashtirib beradi. Isitish as- boblari ichida harakatlanadigan qaynoq suv va bug’bilan xonalarni isitib bera- Di. Isitish asboblari va quvurlaridagi issiq suv sovib, yana isitkichga qaytib keladi, qizigan suv kengaytirish idishi- da kengayadi, natijada quvurlar yorilib ketmaydi. S. bilan i. tizimida issiq suv harakatining tabiiy va 2 majburiy usul- lari bor. Suv tabiiy harakatlanadigan tizimda isitkichda qizigan (engil) suv isitish asboblari hamda suv quvurlarida qisman sovigan (og’ir) suvning t-rasi va zichligi farqi hisobiga harakatlanadi (ya’ni uzluksiz aylanib turadi, tsirku- lyasiyalanadi). Suv qozoni isitish asbo- blaridan qancha past o’rnatilsa, tizim- da suv shuncha yaxshi aylanadi va xona- lar shuncha yaxshi isiydi. Bunday tizim shaxsiy uyjoylarda ko’p qo’llaniladi. Ko’p qavatli turar joylarda suv maj- Buriy harakatlanadigan (suv nasoslari yordamida aylantiriladigan) tizim- dan foydalaniladi. Bunda qozon bilan isitish asboblarini o’zaro balandpast o’rnatishning farqi yo’q. S. bilan i. tizimlari ikki yoki bir quvurli va oqova bo’lishi mumkin. Bir quvurli sxemada har bir isitish as- bobi bitta quvurga (Stoyakka) ulanadi. Quvurdan o’tayotgan suvning bir qismi isitish asbobiga kirib o’tadi, bir qismi to’g’ri o’tib ketaveradi. Ikki quvurli sxe- mada barcha isitish asboblari ikki quvur (issiq va sovuq suv quvurlari)ga paral- Lel ulanadi. Oqova sxemada suv barcha isitish asboblaridan o’tadi. Isitish ti- zimi to’g’ri ishlashi (havo tiqini paydo bo’lmasligi) uchun undan havo chiqarib yuborilishi kerak. Shu maqsadda tizim- dagi har bir isitish asbobiga eng yuqori nuqtaga havo chiqargichlar qo’yiladi. Yirik shaharlarda issiq suv isiti- ladigan ob’ektlarga Markazlashtiril- gan usulda etkaziladi. Bunda S. bilan i. tizimi tashki tarmoqqa ulanadi. Agar tashqi tarmoqdagi suv t-rasi isitish- ning gigienik talablari (kasalxonalar uchun 85°, turar joylar uchun 105°)dan yuqori bo’lsa, issiq suvga sovuq suv ara- lashtirib yuboriladi (nasos yordamida) (raemga q.). Yozgi mavsumda isitish asbo- blari va quvurlar zanglab krlmasligi uchun tizimda suv qoldiriladi.