Levenguk (Leeuwenhoek) Antoni van

Levenguk (Leeuwenhoek) Antoni van (1632.24.10 — Delft — 1723.26.8) — golland tabiatshunosi, ilmiy mikroskopiya asoschisi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1680 yildan). Optik shishalarni silliqlash san’atini egallagan (deyarli 300 marta kattalashtiradigan linzalar tayyorlagan). O’zi tayyorlagan linzalar yordamida birinchi bo’lib mikroskopik organizmlar (xususan, bakteriyalar), qonning kapillyarlarda harakatlanishi, eritrositlar, alohida o’simlik va hayvon hujayralari, tuxum va murtakni kuzatgan; muskul to’qimasi, o’simlik va hayvonlarning organlari va boshqa qismlarini tasvirlab bergan. Birinchi marta o’simlik zararkunandalari — shiralarda partenogeneznn tasvirlagan. S. Gam bilan birgalikda odam va hayvonlar spermatozoidlarnni tasvirlab bergan.