Levin (Lewin) Kurt
Levin (Lewin) Kurt (1890.9.9 — Poznan — 1947.12.2, Nyuton, Massachusets shtati, AQSh) — nemis-Amerika psixologi. 1926-33 yillarda Berlin universiteti professor. 1932 yildan AQSh ning bir necha universitetlarida dars bergan. Geshtalt-psixologiya Berlin maktabining taniqli vakili, topologik psixologiya asoschisi. Kibernetikaning asosiy qoidalarini ishlab chiqqan N. Viner guruhida ishtirok etgan. Shaxs va uning muhitida bo’ladigan o’zgarishlarni, individ va ijtimoiy guruhlar xulq-atvori motivlarini fizikadagi «maydon» tushunchasidan foydalangan holda izohlab bergan.
O‘xshash so‘zlar
- LEVINA TATYANA BORISOVNA
- Levina Hofiz, Boboxonov Levi
- Levinson-Lessing Frans Yulevich
- Levirat
- Leviyev Manas (Menashe) Betyanovich
- Levkipp
- Levkon I
- Levkopis











